JSST Bosh direktori: Yevropada koronavirusning tarqalishi pasaymoqda. Ammo...
Foto: rfi.fr
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Tedros Adxanom GebreyesusYevropada koronavirus infeksiyasi tarqalishi sekinlashayotganini maʼlum qildi.
Bu yerda gap Ispaniya, Italiya, Germaniya va Fransiya haqida ketmoqda. Ammo JSST kuzatuvlariga koʻra, vaziyat Afrika mamlakatlari bilan keskinlashadi.
“Soʻnggi bir hafta ichida, biz koronavirusdan eng koʻp zarar koʻrgan Yevropaning baʼzi mamlakatlarida — Ispaniya, Italiya, Germaniya va Fransiyada infeksiya tarqalishining pasaygani kuzatilganidan mamnunmiz“, deydi Tedros Adxanom Gebreyesus.
Ammo JSST rahbarining taʼkidlashicha, boshqa baʼzi mintaqalarda vaziyat ogʻirlashmoqda. Avvalo, Afrikada.
JSSTda virus Afrika mamlakatlarining qishloqlarida tarqala boshlagani haqida maʼlumotlar mavjud.
“Biz allaqachon haddan tashqari yukni oʻzi zimmasiga olgan sogʻliqni saqlash tizimlari ishida jiddiy qiyinchiliklarni kutmoqdamiz, ayniqsa, qishloq joylarda.Maʼlumki, qishloqlarda odatda shaharlarda mavjud resurslar mavjud emas“, deydi tashkilot Bosh direktori.
Koronavirus bilan bogʻliq yana bir tahdid — tibbiyot mutaxassislari orasida infeksiyani yuqtirib olish holatlaridir. JSST maʼlumotlariga koʻra, baʼzi mamlakatlarda allaqachon tibbiyot xodimlarining 10 foizi koronavirusni yuqtirib olgan.
Shuningdek, JSST Bosh direktori baʼzi mamlakatlar odamlarning harakatlanishi va oʻzini oʻzi yakkalash kabi cheklovlarni bekor qilinayotganiga ham munosabat bildirdi. Uning taʼkidlashicha, bunday tadbirlarni qoʻllashga hali erta.
“JSST, boshqalar kabi, cheklovlar tezroq bekor boʻlishini istaydi. Ammo cheklovlarning juda tez olib tashlanishi yana-da halokatli tahdidga olib kelishi mumkin ”, deydi u.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring