JSST Belarusni karantin oʻrnatishga chaqirdi. Lukashenko esa...

17:33 23 Aprel 2020 Dunyo
1026 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkodan mamlakatda karantin va komendantlik soati joriy etishni soʻradi.

Lukashenkoning javobi oʻz usulida boʻldi: siyosiylashgan bu tashkilot (JSST) Belarusni yoqtirmaydi.

Prezident JSST missiyasi mamlakatga kelib ketganini esga oldi.

“Ular (tashkilot vakillari haqida) bormagan joy qolmagandi, palatalargacha kirib chiqishdiki, buni kutmagandim. Koʻp maslahat berishdi, karantin, hatto komendantlik soati joriy etishimizni aytishdi”, — dedi prezident.

Lukashenkoning aytishicha, JSST missiyasi Belarusda koronavirus boʻyicha vaziyat “xuddi hukumat bayonot bergani bilan bir xil” degan xulosaga kelgandi.

Belаrus Sogʻliqni saqlash vazirligining maʼlumotlariga koʻra, 22-aprel kuni respublikada koronavirus bilan kasallangan 7 281 kishi roʻyxatga olingan. 58 nafar bemor COVID-19dan vafot etdi. 769 kishi yuqumli kasallikdan xalos boʻldi. 

Fevral oyining boshidan beri Belorusda koronavirusni aniqlash uchun 114 955 ta test oʻtkazildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер