Joʻjachalik qadrimiz yoʻqmi?
Surxondaryoning Denov tumanida barq urib turgan 109 tup qimmatbaho daraxt a yoʻq, be yoʻq shafqatsizlarcha kesib tashlangan shu kunlarda Estoniya poytaxti Tallindagi madaniyat muassasasi binosini taʼmirlash ishlarini boshlash qush uyasi tufayli uch haftadan buyon ortga surib kelinmoqda.
Tegishli tashkilotlardan ruxsat olingan, loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanib taʼmirlash ishlariga kirishilgan paytda ish taqa-taq toʻxtab qoldi. Bunga taʼmirlanishi kerak boʻlgan bino tomida qush ini va unda endigina tuxumdan chiqqan uchta polapon borligi sabab boʻldi. Mahalliy maʼmuriyat polaponlar qanot chiqarib uchib ketmagunicha uyaga tegishni va qurilish ishlari boshlanishini taqiqlab qoʻydi.
Bu Yevropaning kichik bir davlatida boʻlgan voqea. Endi oʻzimizga qaytamiz.
Maʼlumotlarga koʻra, 2016-2020-yillarda 846 holatda koʻchmas mulk obyektlari ularning mulkdorlarini xabardor etilmagan holda buzib tashlangan. 1388 holatda mulkdorlarni xabardor qilish muddati buzilgan, 1 244 holatda koʻchmas mulk obyektlari baholanmagan holda, 430 ta koʻchmas mulk obyektlari tegishli kompensatsiya berilmagan holda buzib tashlangan.
Fuqarolarimizning qush ini yoki joʻjachalik qadri yoʻqmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring