Prezident Tojikiston va AQSHga tashrif buyuradi

14:43 13 Sentyabr 2023 Siyosat
429 0

Joriy va kelgusi haftada Prezidentimiz faoliyatida qator xalqaro tadbirlar rejalashtirilgan. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Davlatimiz rahbari 14-15-sentyabr kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining navbatdagi, beshinchi Maslahat uchrashuvi hamda Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi sammitida ishtirok etadi.

Bu sammitlarda Prezidentimiz qator muhim va dolzarb taklif va tashabbuslarni ilgari surishi, mintaqada savdo-iqtisodiy, transport-logistika aloqalarini, “yashil” iqtisodiyot va energetika, suv va ekologiya sohalarida hamkorlikni yanada mustahkamlash, iqlim oʻzgarishlarining salbiy oqibatlariga qarshi birgalikda kurashish kabi masalalar yuzasidan oʻz nuqtai-nazarini bayon qilishi kutilmoqda.

Davlatimiz rahbari keyingi haftada Amerika Qoʻshma Shtatlariga tashrif davomida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq soʻzlaydi.

Prezidentimiz xalqaro hamjamiyatni nafaqat yurtimizdagi islohotlar jarayoni, inson huquqlari, ijtimoiy-siyosiy modernizatsiya sohalarida erishilgan natijalar bilan tanishtiradilar, balki ham mintaqaviy, ham global ahamiyatga ega qator muhim tashabbuslarni ilgari surishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston yetakchisi tashrif doirasida AQSH Prezidentining taklifiga binoan oʻtkaziladigan “S5+1” formatidagi AQSH va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер