Joriy mavsumda har bir mahallaga 200 tadan koʻchat bepul yetkazib beriladi
Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
Yigʻilishda aholining daraxt ekishga boʻlgan qiziqishini oshirish va ragʻbatlantirish ishlarini yanada kuchaytirish zarurligi qayd etildi.
Bandlik vazirligining Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari bundan buyon mahallalarni oʻziga yoʻnaltirilishi, ular esa bu mablagʻlarni daraxt ekish, parvarishlash va tozalik tadbirlariga yoʻnaltirishi taʼkidlandi.
Oʻrmon xoʻjaligi agentligiga joriy mavsumda har bir mahallaga 200 tadan koʻchatni bepul yetkazib berish topshirildi. Bundan tashqari har bir viloyat hokimi ham 300 ming dona koʻchatni mahallalarga tekinga tarqatadi.
Har bir mahalla va tumanda qaysi daraxt yaxshi koʻkarishini odamlarning oʻzi yaxshi bilishi, shu bois koʻchat turini aholi bilan bamaslahat tanlash kerakligi aytildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring