Joriy yilda jami 20 990 yotoq oʻrni yaratilib, talabalar turar joylarining umumiy quvvati 112 441 oʻringa yetkaziladi
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi boshqarma boshligʻi Farrux Fayziyev maʼlum qildi.
2022-yil davomida davlat-xususiy sheriklik asosida 18 800 oʻrinli 47 ta talabalar turar joyini barpo etish vazifasi belgilangan. Joriy yilda jami 30 956 oʻrinli 60 ta loyiha, shundan, davlat-xususiy sheriklik asosida — 20 866 oʻrinli, oliygoh va byudjet mablagʻlari hisobidan — 2 800 oʻrinli, oliygohlarning toʻliq oʻz mablagʻlari hisobidan — 4 640 oʻrinli hamda investitsiya dasturi doirasida — 2 650 oʻrinli yotoqxonalarni barpo etish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
Mazkur obyektlarning shartnomaviy reja grafigiga muvofiq joriy yil yakuniga qadar 13 024 oʻrinli 26 tasi foydalanishga topshiriladi. Bundan tashqari, Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan “Tashkent indeks” majmuasida 3 000 oʻrinli talabalar turar joylari tashkil etildi.
Times Higher Education agentligining World University Rankings-2023 reytingida respublikaning 28 ta oliy taʼlim muassasasi «Reporter» maqomiga ega boʻldi va TOP-1000 talik reytingdan joy olish uchun daʼvogarlar 10 tadan 28 taga yetkazildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring