Joriy yilda toʻqimachilik sohasida eksport salohiyati 5 milliard dollarga yetkaziladi

18:53 06 Mart 2023 Iqtisodiyot
1411 0

Foto: Arxiv surat

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Oʻztoʻqimachiliksanoati” uyushmasi axborot xizmati rahbari Shahzoda Qoʻchqorova maʼlum qildi.

“Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, toʻqimachilik va tkuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish hamda sohaning eksport salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Farmoni bilan eksport hajmining 5,0 mlrd dollarga yetkazish, korxonalarning quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish, boʻsh ish oʻrinlarni toʻldirish vazifasi qoʻyildi va bunda katta salohiyatga ega boʻlgan gilamchilik va uy toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirishga urgʻu berildi.

Jumladan, Taraqqiyot va tiklanish jamgʻarmasi tomonidan 2023-yilda sohani rivojlantirish uchun 300 mln dollar imtiyozli mablagʻlar ajratilib, ularning 200 mln dollari toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarning aylanma mablagʻlarini toʻldirishga, 100 mln dollari esa gilamchilik va uy toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.

I. Eksportni qoʻllab quvvatlash 

Eksport qilishda tashish xarajatlarining 70 foizini kompensatsiyalash tartibi kengaytirilib, endilikda Yevropa davlatlariga qoʻshimcha ravishda Turkiya, Marokash, Shimoliy va Janubiy Amerika, Arab, Koreya va Yaponiya davlatlariga hamda tayyor mahsulotlar bilan birgalikda gazlama va trikotaj matolarga xam joriy qilinadi.

Buning natijasida joriy yilda 210 dan ortiq eksportchi korxonalar ushbu subsidiyalardan foydalanib 100 mln. dan ortiq dollarlik eksport amalga oshirilishi imkoniyati yaratildi. 

Tashqi bozorlarda toʻqimachilik mahsulotlarini sotishga moʻljallangan yirik savdo omborlarini tashkil etish xarajatlari Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan qoplab beriladi.

Joriy yilda 10 ta (Germaniya, Italiya, Polsha, Rossiya, Portugaliya, Fransiya, Turkiya, Yaponiya, Angliya, Marokash) davlatlarida Oʻzbekiston toʻqimachilik Xablarni tashkil etish orqali 200 mln dollarlik eksport amalga oshirish imkoni yaratiladi.

II. Ishlab chiqarishni kengaytirish

— gilamchilik, uy tekstili va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan 100 mln.doll. 3 yillik imtiyozli davr bilan 4-5 foizdan 10 yil muddatga ajratiladi

— 2024-yilda qoʻshimcha 100 mln.dollar ajratiladi.

Ushbu loyihalar amalga oshirilishi natijasida:

— ip kalavani qayta ishlash darajasi 60 foizni tashkil etadi;

— 85 trln soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, oʻsish surʼati 119 foizni tashkil etadi.

— 50 ta yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilishi oʻzlashtiriladi;

— uy tekstil mahsulotlari hajmlari 153 mln dona (30 foiz), gilam mahsulotlari 12,4 mln kv. m. (18 foiz)ga ortadi. 2023-2024-yillarda qoʻshimcha eksport salohiyati 850 mln dollarni tashkil etadi.

Bunda, tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari 1,24 barobarga oshib, 2,8 mlrd donaga yetkaziladi.

Eksportchi korxona uchun subsidiya ajratish boʻyicha tartib Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-sentyabrdagi “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 556-sonli qaror bilan tasdiqlangan.

Tartibga koʻra, Eksportni ragʻbatlantirish agentligi har oylik undirilgan yigʻim qiymatini aniqlaydi hamda tayyor mahsulotlarni eksportini amalga oshirgan korxonalar roʻyxatini shakllantiradi. Jamlangan yigʻim hisobot oyidan keyingi oyning 20 sanasigacha korxonalarga Agentlik tomonidan oʻtkazib beriladi.

Misol (2023-yil mart uchun), korxona oy davomida korxona 1 mln dollar miqdorida tayyor mahsulot eksport qilgan. Oy davomida jami tayyor mahsulotlari eksporti 70 mln dollar boʻlgan (Agentlik bojxona maʼlumotlaridan aniqlaydi). Agentlikka bundan kalava-ip eksportidan undirilgan yigʻimning 70 foizi hisobiga 10 mlrd soʻm mablagʻ tushgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер