Joriy yilda mandarin 11 ta davlatdan import qilingan

10:11 11 Dekabr 2022 Jamiyat
517 0

Foto: Illustrativ surat

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekiston 11 ta xorijiy davlatdan qiymati 9,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 42,6 ming tonna mandarin import qilgan.

Mandarin importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 16,2 ming tonnaga oshgan.

Oʻzbekiston 10 oyda mandarin mahsulotini eng koʻp import qilgan davlatlar:

Pokiston – 35,9 ming tonna;

Turkiya – 3,1 ming tonna;

Xitoy – 1,9 ming tonna;

Misr – 442,2 tonna;

Eron – 425 tonna.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер