Joriy yilda gʻallada imtiyozli kreditni toʻgʻridan-toʻgʻri fermerga berish tizimi joriy qilinadi
Prezident raisligida agrar sohadagi ustuvor vazifalar va rejalarga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Oʻtgan yili gʻalla hosili ilk bor 8 million tonnaga yetdi.
Fermerlar manfaatdorligini yanada oshirish uchun bu yil gʻallachilikda ham yangiliklar qilinishi taʼkidlandi.
Joriy yilda paxtadagi kabi gʻallada ham imtiyozli kreditni toʻgʻridan-toʻgʻri fermerga berish tizimi joriy qilinadi.
Bundan tashqari, davlat resursi uchun xarid qilingan bugʻdoyni daladan tashib kelish va saqlash xarajati 2024-yilda ham toʻliq byudjetdan qoplanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring