Jon Terri yana “Chelsi” safiga qaytdi

16:48 15 Sentyabr 2018 Sport
1815 0
Foto: Vesti.lv

Angliyaning “Chelsi” klubining sobiq himoyachisi Jon Terri yana qadrdon jamoasiga qaytdi.

37 yoshli futbolchi bugun jamoasi bilan ilk mashgʻulotda ishtirok etgan. Bir necha kun oldin Jon Terri Angliyaning boshqa bir jamoasi “Aston Villa”ni tark etgani eʼlon qilingan edi. Keyin esa uni Rossiyaning “Spartak” klubi oʻz safiga qoʻshib olmoqchi boʻlayotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi. Ammo Jon Terri Rossiyada toʻp surishni maʼqul koʻrmadi.

Futbolchi “Chelsi”ga qaytganidan xursandligini bildirib, murabbiylik A litsenziyasini olish uchun harakat qilishini maʼlum qilgan.

Maʼlum oʻrnida aytib oʻtamiz, Jon Terri 1980 yil 7 dekabrda Angliyaning London shahrida tugʻilgan. U professional futboldagi faoliyatini 1998-99 yillarda “Chelsi”da boshlagan. Orada 1999-2000 yillardagi mavsumda esa mamlakat chempionatining birinchi divizionidagi “Nottingem Forest” klubida toʻp surgan. Shundan soʻng u 2016-2017 yillardagi mavsumga qadar “Chelsi” sharafini himoya qildi. Oʻtgan yilgi mavsumni esa “Aston Villa” safiga oʻtkazgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер