“Jon shirin ekan“ — Jizzaxda 102 yoshli momo emlandi
Jizzax viloyatida ham koronavirusga qarshi emlash ishlari izchillik bilan davom etmoqda.
Ayni paytda viloyat boʻyicha jami 11514 nafar kishi emlandi. Shu kungacha emlanganlardan vaksinaning nojoʻya taʼsiri haqida shikoyatlar tushmadi.
Yaqinda Zarbdor tumanidagi Oqar MFY, Bahor koʻchasida yashovchi 1919-yilda tugʻilgan Suymaxol momo Zulimova ham emlandi. Bu haqda Jizzax viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.
— Bolam, jon shirin ekan, mana, men 102 yoshga kirib emlandim. Doʻxtirlar doimiy holimdan xabar olib turadi. Nojoʻya taʼsirini sezmadim. Iloho, yurtimiz doim tinch, yurtboshimiz omon boʻlsin. Bu balo-yu ofatlardan tezroq xalos boʻlaylik, — deydi Suymaxol momo duoga qoʻl ochib.
Viloyatda emlashning ahamiyati haqida OAV, ijtimoiy tarmoqlar va aholi oʻrtasida keng targʻibot ishlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qashqadaryolik 91 yoshli onaxon koronavirusga qarshi emlangani haqida xabar bergan edik.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring