Jomboyda mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari vegitativ usulda yetishtirilmoqda

12:00 06 Aprel 2023 Jamiyat
525 0

Foto: Xalq so'zi

Jomboy tumanidagi “Bog‘bon” agrokompleksida tashkil qilingan “In vitro” laboratoriyasida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari vegitativ usulda zamonaviy texnologiyalar asosida yetishtirilmoqda.

Umumiy qiymati 2,5 million AQSH dollari bo‘lgan loyihaning amalga oshirishi natijasida shu paytgacha xorijdan olib kelingan mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari mahalliy sharoitda tayyorlanyapti.

Eng muhimi, bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish niyatida kelgan xaridorlarning samarali faoliyat yuritishlari uchun ularning tuproq sharoiti o‘rganilib, yerga mos ko‘chatlar tavsiya qilinadi. Buning uchun tuproq tashxislash laboratoriyasi ham tashkil qilingan.

Turkiya, Xitoy, Erondan davlatlarining zamonaviy  asbob uskunalari o‘rnatilgan mazkur laboratoriyaning ishga tushirilishi o‘nlab yangi ish o‘rni yaratilishiga zamin yaratdi.

Bundan tashqari hozirgi kunda laboratoriyada tokning o‘nlab navi, butasimonlarning 15 dan ortiq turlari yetishtirilib, mavsumga shay holatga keltirilgan.

Ayni paytda mamlakatimiz iqlim sharoitiga moslashtirilgan mazkur buta va daraxt ko‘chatlarini aholi talabiga qarab hududlarga yetkazib berish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Joriy yildan laboratoriyada yetishtirilgan ko‘chatlarni eksportga chiqarish rejalashtirilgan.

Abdulaziz Yo‘ldoshev,
“Xalq so‘zi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер