Jomboyda sanoat ishlab chiqarish hajmi 1 trillion 450 milliard soʻmdan oshdi

17:52 30 Noyabr 2020 Iqtisodiyot
901 0

Bugungi kunda Jomboy tumanida 2880 tadbirkorlik subyekti faoliyat koʻrsatmoqda.

2019-yil yakunida roʻyxatdan oʻtgan kichik biznes subyektlari soni 963 tani tashkil etgan boʻlsa, hozir 1170 ta tadbirkorlik subyekti faoliyat olib bormoqda. Ular tomonidan davlat byudjetiga 1 milliard 72,3 million soʻmlik soliq toʻlovlari toʻlandi. 1134 ta yangi ish oʻrni yaratilgan.

Tumandagi “Qoramoʻyin” kichik sanoat zonasida 2,6 gektar maydonda 4 ta tashabbuskor tomonidan 8,6 milliard soʻmlik granulali omixta yem ishlab chiqarish, muzlatgichli omborxona tashkil etish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va bolalar kiyimlari hamda yumshoq oʻyinchoqlar ishlab chiqarish loyihalari amalga oshiriladi.

Hozir tumanda 308 ta sanoat korxonasi, 304 ta hududiy korxona faoliyat koʻrsatmoqda. Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1 trillion 457 milliard soʻmni tashkil etdi.

Pandemiya davrida eksport imkoniyatlarining cheklanganligi tufayli 9 oyda “JV MAN AUTO UZBEKISTAN”, “UzAuto Trailer” qoʻshma korxonalari hamda “SAMARQAND JOMBOY-SHAROB” masʼuliyati cheklangan jamiyati ishlab chiqarish hajmini pasaytirgan.

Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер