“Joylardagi masʼullar faoliyati qoniqarsiz” — Abdulla Aripov oʻzbek tili mavqeini oshirish boʻyicha ishlarga baho berdi

19:24 09 Mart 2020 Jamiyat
968 0

Bugun, 9-mart kuni Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida koʻcha va aholi punktlarini nomlash, peshlavhalar, reklama va eʼlonlarning davlat tilida berilishi singari masalalar muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda til masalasiga, oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeyi va nufuzini tubdan oshirishga prezident Shavkat Mirziyoyevning shaxsan oʻzi jiddiy eʼtibor qaratayotgani qayd etilgan.

Kun.uz manbasining xabar berishicha, hukumat rahbari mahalla, koʻcha, korxona, ishlab chiqarilgan mahsulotga, kerak boʻlsa farzandlarga oʻzbek xalqi tarixi, madaniyati va maʼnaviyatga zid boʻlgan nomlar qoʻyilayotganiga eʼtiroz bildirgan.

“Biz bu holatlarga befarqmiz, xuddiki tabiiy holdek faqat kuzatib turibmiz xolos. Xoʻsh, hurmatli rahbarlar bu qachongacha davom etadi?!

Aholi oʻrtasida, ijtimoiy tarmoqlarda til bilan bogʻliq mavzu eng koʻp muhokama qilinmoqda.

Jamoat joylari, koʻchalar, binolar peshtoqida, turli lavha va reklamalarning koʻpincha boshqa tillarda yoki mantiqsiz, tushunarsiz mazmunda va shaklda aks ettirilishi bunga sabab boʻlmoqda.

Bu joylardagi masʼullarning ishlari qoniqarsizligidan dalolat beradi”, – deya taʼkidlagan Abdulla Aripov.

Hukumat rahbarining maʼlum qilishicha, yaqinda Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan hududlardagi joy nomlarining holati va bunga masʼul boʻlgan hududiy komissiyalar faoliyati oʻrganib chiqildi.

Oʻrganish natijalariga koʻra, shaharcha, qishloq, ovul, mahalla va koʻchalarga nom berish, qayta nomlash masalalari oʻz holiga tashlab qoʻyilgani aniqlangan.

Oqibatda, respublika boʻyicha 300dan ziyod qishloq va mahallalarning, 400ga yaqin koʻchaning eski, sovet davridan qolgan yoki biror mantiqsiz, tushunarsiz nomlari haligacha saqlanib qolmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер