Jo Bayden yana koronavirus bilan kasallandi
Foto: AP
AQSH prezidenti Jo Bayden koronavirus yuqtirib olgan va kasallikning yengil alomatlarini boshdan kechirmoqda. Bu haqda Oq uy xabar berdi.
«Bugun ertalab, Las-Vegasdagi birinchi tadbirdan soʻng, prezident Bayden COVID-19 uchun sinovdan oʻtdi va natija ijobiy chiqdi», deydi Oq uy matbuot kotibi Karine Jan-Pyer.
Bayden Delaverdagi qarorgohida oʻzini izolatsiyaga olishi va vazifalarini bajarishda davom etish niyatida.
Jo Bayden 2022-yilning iyul oyida ham koronavirus bilan kasallangan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring