Jo Bayden nima uning saylovdagi gʻalabasiga halal berishini maʼlum qildi
Saylovlarda demokratlarning magʻlubiyatiga faqat firibgarlik sabab boʻlishi mumkin.
Xuddi shunday fikrni Demokratlar partiyasidan AQSH prezidentligiga nomzod Jo Bayden aytib oʻtdi.
“Albatta ovoz bering, chunki bizni gʻalabamizga halal berishi mumkin boʻlgan yagona holat — bu saylov uchastkalaridagi firibgarlikdir”, degan u Pensilvaniyada boʻlib oʻtgan saylovchilar bilan bilan uchrashuvda.
Bayden avvalroq uning raqibi, AQSHning amaldagi prezidenti Donald Tramp ovoz berishda “firibgar” qilib, saylovdagi gʻalabani “oʻgʻirlash”ga urinishini maʼlum qilgan edi.
AQSHda prezident saylovi 2020-yilning 3-noyabr kuni boʻlib oʻtadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring