Jo Bayden maʼmuriyati Isroilga soʻnggi qurollar paketini yetkazib beradi
AQSH Davlat departamenti Kongressni Isroil bilan qiruvchi samolyotlar va hujum vertolyotlari uchun oʻq-dorilar, shuningdek, artilleriya snaryadlarini oʻz ichiga olgan 8 milliard dollarlik qurol-yarogʻ boʻyicha kelishuvdan xabardor qildi.
“Axios” nashrining yozishicha, bu prezident Jo Bayden maʼmuriyati Isroilga taqdim etgan soʻnggi qurollar paketi boʻladi. Ushbu bitim uzoq muddatli kelishuvdir. Shu tufayli oʻq-dorilarni ishlab chiqarish va yetkazib berish uchun bir necha yil ketishi mumkin.
Oq uy maʼmuriyati Isroil oʻz-oʻzini mudofaa qilish huquqiga ega ekani, bu borada AQSH koʻmak koʻrsatishda davom etishini taʼkidlagan.
Isroil HAMAS harakati hujumiga javoban 2023-yil 7-oktyabr kuni Gʻazo sektoriga bostirib kirganidan buyon qirgʻinbarotda 45854 nafar falastinlik, jumladan, 17818 nafar bolalar va 12287 nafar ayollar halok boʻldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring