Jo Bayden AQSH shtatlaridan birida favqulodda holat eʼlon qildi

22:53 09 Yanvar 2023 Dunyo
1697 0

Foto: Reuters

AQSH prezidenti Jo Bayden Kaliforniya shtatida boʻron tufayli favqulodda holat eʼlon qildi. Bu haqda Oq uy xabar bermoqda.

Amerika yetakchisi 2023-yil 8-yanvarda boshlangan va hozir ham davom etayotgan kuchli boʻronlar, suv toshqinlari va koʻchkilar tufayli federal yordam koʻrsatishni buyurdi. Prezident Milliy xavfsizlik departamentiga, Favqulodda vaziyatlarni boshqarish boʻyicha Federal agentligiga tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha barcha saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish vakolatini berdi.

Avvalroq, AQSH Milliy ob-havo xizmati mamlakat aholisini 2023-yilning birinchi haftasida qishki boʻronlarning yangi toʻlqini, kuchli qor yogʻishi, sovuq yomgʻir va tornadolar haqida ogohlantirgan edi.

“Boʻron dushanba va seshanba kunlari Kolorado, Nyu-Meksiko, Arizona, Yuta, Texas, Oklaxoma, Kanzas, Nebraska, Viskonsin, Michigan, Janubiy Dakota, Shimoliy Dakota boʻylab harakatlanadi. Ayova, Illinoys va Nebraska shtatlarida kuchli qor boʻronlari, qor va yomgʻir yogʻishi kuzatiladi”, — deyiladi agentlik xabarida. 

Qayd etilishicha, bundan keyin kuchli ayozli jabha mamlakat janubida tornado bilan birga momaqaldiroq va suv toshqini ehtimolini keltirib chiqaradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер