Jizzaxdagi korxona rahbari ikki milliard soʻmdan ortiq qarz olib, qaytarmadi

10:14 04 Yanvar 2022 Jamiyat
965 0

Jizzaxda ikki milliard soʻmdan ortiq qarz olgan korxona rahbariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, 2021-yil 28-may kuni Jizzax shahridagi “Qoʻtarma” mahallasida yashovchi MCHJ rahbari jabrlanuvchidan bir oy muddatda qaytarish sharti bilan 2 milliard 150 million soʻm qarz olgan.

Keyinroq MCHJ rahbari jabrlanuvchini korxonaning Gʻallaorol hududiy filialiga rahbar etib tayinlashni vaʼda qilib, qarzni toʻlashni kechiktirdi. Pulini ololmagan fuqaro tegishli idoralarga murojaat qilishga majbur boʻlgan. Mazkur holat boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер