Jizzaxdagi adirlikda yirik yongʻin sodir boʻldi

17:29 15 Iyul 2024 Jamiyat
482 0

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda “Temur gʻori togʻlarida yongʻin” sarlavhasi ostida videolar tarqaldi. Viloyat FVB holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, bugun, 15-iyul kuni soat 12:15da Jizzax viloyati FVB navbatchilik qismiga Gʻallaorol tumani Koʻkgumbaz MFY hududidagi qir adirlikda yongʻin boʻlayotganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan. Xabarga asosan yongʻin-qutqaruv ekipajlari manzilga soat 12:41da yetib borib, 13:00da alanga oʻrab olingan va 14:22 toʻliq oʻchirilgan.

Shuningdek, yongʻin joyiga viloyat FVBning 41 nafar shaxsiy tarkibi va hamkorlikdagi xizmatlarning 27 nafar xodimlari jalb etilgan.

Manbaga koʻra, sodir boʻlgan yongʻin oqibatida fuqarolarning tan jarohati olishi va halok boʻlish holatlari qayd etilmagan. Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdorini aniqlash maqsadida surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер