Jizzaxda voyaga yetmagan qiz mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi
Videodan kadr
Jizzax shahrida voyaga yetmagan qiz (maktab oʻquvchisi) mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea 2025-yilning 7-dekabr kuni roʻy bergan. Ogʻir tan-jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan qiz oradan 13 kun oʻtib, 20-dekabrda vafot etgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, hodisa haydovchi tomonidan yoʻl harakati qoidalari buzilishi natijasida sodir etilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Gumonlanuvchi qonunga muvofiq tartibda ushlangan. Hozirda jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring