Jizzaxda sodir boʻlgan oʻgʻirlik qaynisi tomonidan qilingani aniqlandi
Jizzax viloyati Jizzax shahar Navroʻz mahallasida oʻgʻirlik sodir boʻldi. Bu haqda “Postda” xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, Navroʻz mahallasida yashovchi G.H. uyidan tilla uzuk hamda tilla zanjir oʻgʻirlangan. Voqeadan soʻng jabrlanuvchi ichki ishlar boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilgan.
Jabrlanuvchining arizasi asosida oʻtkazilgan surishtiruv davomida ushbu jinoyat G.H.ning qaynisi tomonidan sodir etilgani aniqlangan. Ayblanuvchidan tilla uzuk hujjatlashtirib olingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring