Jizzaxda oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

15:00 11 Iyul 2022 Jamiyat
1063 0

Foto: Prokuratura Departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zomin tuman boʻlimi tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro L.K. boshqa bir fuqaro F.ni Jizzax Politexnika institutiga oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib, evaziga 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Oltinkoʻl tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan fuqaro J.X. oʻziga tegishli xulosa chiqarmasdan, fuqaro D.ni Qirgʻiziston Respublikasidagi oliy oʻquv yurtiga oʻqishga kiritib, keyinchalik tanishlari orqali oʻqishini Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtiga koʻchirib berishi evaziga 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер