Jizzaxda koronavirus aniqlanganlar bilan muloqotda boʻlgan shifokor bemorlarni qabul qilishda davom etmoqdami?
arxiv foto
Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatida “Koronavirus” kasalligiga chalingan prokuratura xodimi va uning oila aʼzolari bilan muloqotda boʻlgan shifokor bemorlarni qabul qilishni davom ettirayotganligi sababli tegishli chora koʻrish kerakligi haqidagi audioyozuvlar tarqalgan. Mazkur xabarlar yuzasidan Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi boshligʻi maʼlumot berdi.
Aniqlanishicha, fuqaro A.J. karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarni tarqalishi haqida haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarni Internet tarmogʻi orqali tarqatish maqsadida, 2020-yil 7-aprel kuni Jizzax viloyati boʻyicha tuzilgan “Koronavirus” shtabiga qoʻngʻiroq qilib, shtab navbatchisiga “Koronavirus” kasalligiga chalingan prokuratura xodimi va uning oila aʼzolariga tibbiy yordam koʻrsatgan “Doktor A” xususiy shifoxonasi shifokori xaligacha oʻz shifoxonasida bemorlarni qabul qilayotganligi sababli tegishli chora koʻrish kerakligini bildirgan.
Soʻng, u viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markaziga koʻngʻiroq qilib, javob bergan navbatchilarga “Doktor A” xususiy shifoxonasi shifokorini tekshirib koʻrishligini aks holda ular bilan boʻlib oʻtgan suhbat jarayoni yozib olingan audioyozuvni Internet tarmogʻi orqali tarqatib yuborishini maʼlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan 09.04.2020-yilda fuqaro J.A.ga nisbatan JKning 244-5-moddasi (Karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarni tarqatish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring