Jizzaxda innovatsion texnopark tashkil etiladi

18:52 10 Fevral 2022 Jamiyat
775 0

Innovatsion rivojlanish vazirligi Innovatsion infratuzilmalar va texnoparklarni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi Karimov Xojiakbar Jizzax viloyati innovatsion rivojlanish boshqarmasi bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan keng qamrovli loyihaning dastlabki ishlari bilan tanishdi.

Texnopark faoliyatini yoʻlga qoʻyish natijasida qishloq xoʻjaligi, axborot texnologiyalari, kimyo texnologiyalari, biotexnologiya, matematika, robototexnika va elektrotexnika sohalarida raqobatbardosh, innovatsion mahsulotlar va xizmatlarni rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratib berish hamda ularni ichki va tashqi bozorlarga chiqarishda qoʻllab-quvvatlash, shuningdek hududning innovatsion salohiyatini oshirish uchun ilmiy-texnik va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun yagona platforma yaratiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер