Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida “Cobalt ” rusumli mashina yonib ketdi . Viloyat YHXB axborot xizmati holat yuzasidan maʼlumot berdi .
Bildirilishicha , bugun , 15-iyun kuni soat 12:50 larda , Sharof Rashidov tumani hududidan oʻtgan xalqaro ahamiyatga ega M 39 avtomobil yoʻlining 998 км.да Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi 1977-yilda tugʻilgan haydovchi boshqaruvidagi “Cobalt ” rusumli avtomashinada elektr simlarining qisqa tutashuvi tufayli yongʻin sodir boʻlib , motor va salon qismi yongan .
Foto: Jizzax YHXB
Alanga FVB tomonidan bartaraf etilgan . Yongʻin oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq .
Qoʻshimcha qilinishicha , hozirda yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda . Tergovga qadar tekshiruvni tuman FVB olib bormoqda .
Eslatib oʻtamiz , bugun , 15-iyun kuni soat 11:30 larda Uchtepa tumani TXAY koʻchasi 18- avtobuslar saroyi qarshisida “Mercedes — Benz ” transport vositasining salon qismidagi elektr simlarida qisqa tutashuv boʻlganligi sababli , yongʻin kelib chiqishi oqibatida toʻliq yonib ketgandi .
Shuningdek , bugunning oʻzida , soat 11:35 larda Sergeli tumani Lutfikor koʻchasida “Mercedes-Benz ” rusumli transport vositasida yongʻin kelib chiqdi va oqibatda yoʻlovchi avtobusi toʻliq yonib ketdi .
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring