Jizzaxda golf majmuasi tashkil etiladi
Illyustrativ foto
Jizzax viloyatida golf industriyasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qarorga muvofiq, Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanida golf boʻyicha professional va xavaskor turnirlarni oʻtkazish boʻyicha majmua tashkil etiladi.
Qaror bilan “Mirasmanda Golf Resort” MCHJ tashkil etilib, golf majmuasi uchun tuman hududidan 200 gektar yer uchastkasi ajratiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring