Jizzaxda FVV xodimi pora bilan qoʻlga tushdi
Foto: DXX
Jizzax viloyatining Mirzachoʻl tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari pora bilan qoʻlga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, u xizmat mavqeidan foydalangan holda, tuman markazida joylashgan umumiy ovqatlanish maskanida oʻtkazilgan tekshiruv davomida yongʻin xavfsizligi talablari boʻyicha aniqlangan kamchiliklar yuzasidan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirib, uni yopib qoʻymaslik hamda qonuniy chora koʻrilishi uchun toʻplangan hujjatlarni sudga yubormaslik evaziga 3 mln soʻm talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda mansabdor shaxs soʻralgan pul mablagʻini umumiy ovqatlanish maskani rahbaridan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring