Jizzaxda fuqaroni Meksika orqali AQShga joʻnatmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi
Foto: Jizzax IIB
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida fuqarodan uni noqonuniy yoʻllar bilan AQShga yuborishi evaziga pul olgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Jizzax viloyatida huquq-tartibot idoralari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Tadbir davomida Sharof Rashidov tumanida yashovchi fuqaro N.B. Zarbdor tumanidan boʻlgan A.A.ni goʻyoki Meksika orqali AQShga ishga joʻnatish bahonasida aldagani aniqlangan.
U fuqarodan jami 200 million soʻm (shu jumladan 11,2 ming dollar va 50 million soʻm) olmoqchi boʻlgan vaqtda qoʻlga olingan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovgacha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring