Jizzaxda yerni o‘zboshimchalik bilan egallaganlarga chora ko‘rildi

18:09 02 Avgust 2023 Jamiyat
825 0

Foto: Arxiv surat

Yer — bebaho boylik. Undan oqilona foydalanish va asrab-avaylash bugungi kunning eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Biroq, ana shu boyliklarni talon-taroj qilish, o‘zboshimchalik bilan egallash kabi holatlar afsuski, uchrab turibdi.

— Inspektorlarimiz tomonidan yer nazorati tizimida, o‘tgan yarim yil davomida olib borilgan tadbirlar natijasida yuridik va jismoniy shaxslarning 432 ta holatda 570,6 gektar yer maydonni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi, — deydi Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i Nodir Sidikov. — 109 ta holatda 552 gektar yer qishloq xo‘jaligi toifasiga, 264 ta holatda 10,3 gektari aholi punkti, 26 ta holatda 2,1 gektari sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar bo‘lsa, 3 ta holatda 3,3 gektari o‘rmon fondi, 4 ta holatda 0,7 gektari suv fondi, 22 ta holatda 1,9 gektari zaxira yerlar hisobiga to‘g‘ri keladi.

Yuqoridagi holatlarni bartaraf qilish bo‘yicha Kadastr agentligi tomonidan huquqbuzarlarning barchasiga ogohlantirish xatlari berilgan. Natijada 240 ta holatda 228,9 gektar yer uchastkalari qaytarilgan bo‘lsa, 91,9 gektar maydondagi 42 ta holat bo‘yicha sudlarga da'vo arizalari kiritildi.

Tolibjon ERGAShEV, “Xalq so‘zi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер