Jizzaxda yengilroq jazo tayinlatib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.A. “T-Sh.” MCHJ rahbari D.E.ga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 15 000 AQSH dollari evaziga yengil jazo tayinlatib berishini aytib, shundan 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring