Jizzaxda daxshatli yo’l transport hodisasi. Qurbonlar bor

Jizzax viloyatining Paxtakor tumani hududidan o’tgan “Jizzax — Gagarin” yo’lining 49-kilometrida ikkita Neksiya rusumli avtomobil to’qnashib ketishi natijasida yong’in kelib chiqqan.
Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmatiga xabariga ko’ra, baxtsiz hodisa 4 aprel kuni soat 12:40da sodir bo’lgan.
Jizzax shahrida istiqomat qiluvchi 1990 yilda tug’ilgan fuqaro boshqaruvidagi Neksiya “Jizzax — Do’stlik” yo’nalishi bo’ylab harakatlanib borayotganda, qarama-qarshi yo’nalishdan kelayotgan arnasoylik haydovchi boshqaruvidagi avtomobil bilan yuzma-yuz to’qnashib ketgan.
YTH oqibatida avtomobillarda bo’lgan sakkiz kishi halok bo’lgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring