Jizzaxda bojxonachilar qariyb 30 million soʻmlik pirotexnika vositalari olib kirilishini toʻxtatdi
Jizzaxda bojxonachilar tomonidan 30 ming donaga yaqin pirotexnika vositalari olib kirilishi toʻxtatildi, deb xabar qildi viloyat IIB matbuot xizmati.
Xususan, xodimlar “Lacetti” avtomashinasini koʻzdan kechirdi. Avtomobil yukxonasidan 5 turdagi 29558 dona pirotexnika vositalari xorijda ishlab chiqarilgan va tegishli hujjatlarsiz olib oʻtilganligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, aniqlangan pirotexnika vositalarining umumiy summasi 16 million 580 ming soʻmni tashkil qilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring