Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti yoʻlida hali koʻp ishlarni qilishimiz zarur — Prezident
Foto: Prezident matbuot xizmati
Paxtachilikka moslashgan viloyatning qishloq xoʻjaligi ham tubdan diversifikatsiya qilindi.
Baxmal, Gʻallaorol, Zomin, Yangiobod, Forish tumanlari bogʻdorchilikka ixtisoslashib, 28 ming gektar yangi bogʻ va tokzorlar barpo etildi.
Mirzachoʻl, Doʻstlik, Zafarobod, Zarbdor, Paxtakor, Arnasoyning choʻl hududlaridagi 12 ming gektar yerlarda ham bogʻ va sabzavot plantatsiyalari tashkil etildi.
Viloyatda 110 million dollar hisobiga 390 ming tonna meva-sabzavotni quritish, saqlash, qadoqlash, qayta ishlash quvvatlari yaratildi.
Umuman, soʻnggi sakkiz yilda Jizzaxda sanoat 2,5 trilliondan 25 trillion soʻmga, xizmatlar 2,5 trilliondan 20 trillionga, qishloq xoʻjaligi 9 trilliondan 30 trillion soʻmga oshgani taʼkidlandi.
“Albatta, bu – katta islohotlarimizning boshlanishi. Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti yoʻlida hali koʻp ishlarni qilishimiz zarur”, dedi Prezidentimiz.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring