Jizzax viloyatida soxta diplom tayyorlayotgan fuqaro ushlandi
Jizzax viloyati IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan soxta diplom yasab sotuvchilar qoʻlga olindi. Paxtakor tumani “Oqbuloq” mahalla fuqarolar yigʻini hududida yashovchi fuqaro xaridordan 400 AQSH dollari miqdorida pul olib, vaʼda qilingan diplomni berayotgan paytda daliliy ashyolar bilan qoʻlga olindi.
Tezkor tadbir davomida sotuvchi diplomni oʻziga oldindan tanish boʻlgan Paxtakor tumanidagi oʻrta umumtaʼlim maktabi direktoridan 300 AQSH dollariga, u esa oʻz navbatida shu hududdagi kasb-hunar maktabi direktori oʻrinbosari vazifasida ishlovchi shaxsdan 200 AQSH dollariga sotib olganligi maʼlum boʻldi. Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv ishlari davomida Jizzax shahrining “Zargarlik” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro qalbaki diplom va ilovalarni tayyorlab, unga muhr va imzolar bilan ishlov berganligi aniqlandi. Ushbu shaxsning yashash manzilidan kompyuter va qogʻoz chiqarish qurilmasi hujjatlashtirib olindi. Toʻplangan hujjatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Endi ular qonun oldida javob berishadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring