Jizzax viloyati qurilish materiallari boʻyicha xalqaro forumga mezbonlik qiladi
Joriy yilning 26-aprel kuni Jizzax viloyati Forish tumanida “Oʻzsanoatqurilishbank” va “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida “Bazalt asosli mahsulotlarni iqtisodiyotning turli sohalarida qoʻllashning samaradorligi” mavzusida xalqaro forum boʻlib oʻtadi.
Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-9-aprel kunlari Jizzax viloyatiga tashrifi davomida “Basalt Uzbekistan” klasteri tarkibidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni iqtisodiyotning turli sohalarida qoʻllashni samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini jadallashtirish, ushbu yoʻnalishda konferensiya va forumlar oʻtkazish topshirigʻining ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring