Jizzax viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi
Prezidentning tegishli farmoni bilan Ergash Alibekovich Saliyev Jizzax viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi. U boshqa ishga oʻtishi kutilmoqda.
Saliyevning oʻrniga shu vaqtga qadar “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelgan Ulugʻbek Mavlonovich Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring