Jizzax SSBga yangi rahbar tayinlandi
Foto: SSV
Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli buyrugʻi bilan Umarov Maxmarasul Doʻsmatovich Jizzax viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maxmarasul Umarov 1992-yili Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida Sirdaryo viloyati Sanitariya-epidemiologiya markazida vrach-epidemiolog, Doʻstlik tumani tibbiyot kollejida direktor muovini, direktor, Respublika Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazida vrach-epidemiolog kabi lavozimlarda ishlagan.
Umarov tayinlovga qadar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring