Jizzax shahriga kirish-chiqishda nazorat kuchaytirildi
Jizzax shahar hokimining 2020-yil 1-iyuldagi №796-sonli qaroriga muvofiq shaharga kirish va chiqish qattiq nazorat ostiga olindi.
Xabarga koʻra, shahar hududidagi 4 ta mahallada koronavirus bilan kasallanganlar aniqlangan.
«Shu munosabat bilan 2-iyuldan boshlab Jizzax shahriga kirish va chiqish qattiq nazoratga olindi. «Qaliya», “Bunyodkor”, “Zilol” va “Madaniyat” mahallalari hududlariga kirib-chiqish toʻxtatildi», deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, iyun oyi oxirida viloyatning Sharof Rashidov tumanida yashagan ikki kishi koronavirus tufayli vafot etgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring