Jizzax shahrida kredit mablagʻini talon-toroj qilgan MCHJ rahbari aniqlandi

16:21 12 Fevral 2022 Jamiyat
1712 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Departamentning Jizzax shahar boʻlimi tomonidan “Qishloq qurilish bank” Jizzax mintaqaviy filialining murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.G.» MCHJga bank filialidan korxonaning “Ohak ishlab chiqarish texnologik liniyasini rekonstruksiya qilish” maqsadida ajratilgan 350 mln soʻm kredit mablagʻini MCHJ rahbari “W.M.» MCHJga oʻtkazish orqali naqdlashtirib olib, talon-toroj qilganligi aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament maʼlum qildi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер