Jismoniy shaxslarni Mediatorlar reyestriga kiritish tartibi belgilandi
Illyustrativ foto
Hukumatning joriy yil 1-aprel kuni qabul qilingan 140-son qarori bilan “Jismoniy shaxslarni Mediatorlar reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish”ning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.
Ushbu Reglament jismoniy shaxslarni Mediatorlar reyestriga kiritish bilan bogʻliq davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Qarorga koʻra, maxsus oʻquv kursida oʻqigan, malaka imtihonini topshirmoqchi boʻlgan va Reyestrga kirish istagini bildirgan jismoniy shaxs:
• Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etadi;
• yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali roʻyxatdan oʻtadi.
Talabgor soʻrovnomani yuborish vaqtida mediatsiya toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablari va mediatorning kasb etikasi qoidalari bilan tanishganini tasdiqlashi lozim.
Talabgorning malaka imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtishi (notariuslar va advokatlar bundan mustasno) uni Reyestrga kiritish uchun asos boʻladi.
Hududiy adliya organlari tomonidan Reyestrdagi maʼlumotlar real vaqt rejimida yangilanib boriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring