Namanganda sud raisi 2 ming dollar pora olayotganda ushlandi
30-yanvar kuni jinoyat ishlari boʻyicha Mingbuloq tuman sudining raisi Sh. S. oʻzining ish yurituvidagi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va boshqa moddalari bilan ayblangan sudlanuvchi O. S.gа yengilroq jazo tayinlash evaziga, sudlanuvchining otasi V. S.dan 2 000 AQSH dollari olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ushlangan.
Oliy sud Plenumining bugun oʻtkazilgan majlisida Bosh prokurorning jinoyat ishlari boʻyicha Mingbuloq tuman sudining raisi Sh. S.ni Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoiy javobgarlikka tortish va unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash haqidagi taqdimnomasi koʻrib chiqilib, rozilik berildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring