JCHda sensatsiyalar kuni. Germaniya Meksikaga yutqazdi, Braziliya Shveysariyani yenga olmadi

Futbol bo‘yicha jahon chempionatining to‘rtinchi kuni kutilmagan natijalarga boy bo‘ldi. Unda musobaqa favoriti deya qaralayotgan ikki terma jamoa kutilmagan natijalarni qayd etdi.
Ye guruhida ishtirok etayotgan Braziliya terma jamoasi 1-turni Shveysariya terma jamoasiga qarshi o‘tkazib, g‘alaba qozona olmadi. Birinchi bo‘limda Koutino tomonidan kiritilgan golga, yevropaliklar Suberning goli bilan javob qaytarishdi. Guruhning ikkinchi uchrashuvida esa Serbiya Kosta-Rika bilan to‘qnash kelib, Aleksandr Kolarovning yagona goli evaziga g‘alabani ilib ketdi.
Kunning eng kutilmagan natijasi F guruhida kuzatildi. Amaldagi jahon chempionlari Germaniya terma jamoasi Meksika vakillariga qarshi maydonga tushib, kutilmaganda 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Yagona golga Losano mualliflik qildi.
Bugun 1-turning so‘nggi uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
JCH-2018
E guruhi
Braziliya – Shveysariya 1:1 (1:0)
Gollar: Koutino (20) – Suber (50).
Braziliya: Alisson, Danilo, Tiago Silva, Miranda, Marselo, Paulino (Renato Augusto, 67), Kazemiro (Fernandino, 60), Koutino, Villian, Gabriel Jezus (Firmino, 79), Neymar.
Shveysariya: Zommer, Lixtshtayner (Lang, 87), Sher, Akandji, Rodriges, Bexrami (Zakariya, 71), Djaka, Shakiri, Djemaili, Suber, Seferovich (Embolo, 80).
Ogohlantirishlar: Lixtshtayner (31), Kazemiro (47), Sher (65), Bexrami (68).
Kosta-Rika – Serbiya 0:1 (0:0)
Gol: Kolarov (56).
Kosta-Rika: Navas, Akosta, Gonsales, Duarte, Gamboa, Borxes, Gusman (Kolindres, 73), Kalvo, Ruis, Venegas (Bolanos, 60), Urenya (Kempbell, 67).
Serbiya: Stoykovich, Ivanovich, Milenkovich, Toshich, Kolarov, Milivoyevich, Matich, Tadich (Rukavina, 83), Milinkovich-Savich, Lyayich (Kostich, 70), Mitrovich (Priyovich, 90).
Ogohlantirishlar: Kalvo (22), Gusman (56), Ivanovich (59), Priyovich (90).
F guruhi
Germaniya – Meksika 0:1 (0:1)
Gol: Losano (35).
Germaniya: Noyer, Kimmix, Boateng, Xummels, Plattenxardt (Gomes, 79), Xedira (Roys, 60), Kroos, Myuller, Ozil, Draksler, Verner (Brandt, 86).
Meksika: Ochoa, Salsedo, Ayyala, Moreno, Galyardo, Errera, Guardado (Markes, 74), Layyun, Vela (Alvares, 58), Losano (Ximenes, 66), Ernandes.
Ogohlantirishlar: Moreno (40), Myuller (83), Xummels (84), Errera (90).
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring