JCH-2018. Chorak finalda favoritlar to‘qnashadi

11:04 03 Iyul 2018 Sport
1728 0

Futbol bo‘yicha jahon chempionatining nimchorak finalidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda Braziliya va Belgiya terma jamoalari o‘z uchrashuvlarini o‘tkazdi.

Braziliya terma jamoasi Meksika terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, Neymar va Firmino tomonidan kiritilgan gollar evaziga g‘alaba qozongan bo‘lsa, Belgiya terma jamoasi Yaponiyaga qarshi uchrashuvda jiddiy muammolarga duch keldi.

Uchrashuvning ikkinchi bo‘lim boshida yaponlar kutilmaganda 2:0 hisobida oldinga chiqib olishgandi. Biroq o‘yinning so‘nggi qismida o‘ziga kelib olgan belgiyaliklar qisqa vaqtda hisobni tenglashtirishdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan so‘nggi daqiqada Nosir Shadli bir yo‘la o‘yinga yakun yasab qo‘ya qoldi.

Endi chorak finalda musobaqaning ikki favoriti Braziliya va Belgiya terma jamoalari o‘zaro ro‘baro‘ keladi. Bu o‘yinni o‘ziga xos final oldidan final deya baholash mumkin.

JCH-2018
1/8 final

Braziliya – Meksika 2:0 (0:0)
Gollar: Neymar (51), Firmino (88).
Braziliya: Alisson, Fagner, Tiago Silva, Miranda, Filipe Luis, Villian (Markinos, 90), Paulino (Fernandino, 80), Kazemiro, Koutino (Firmino, 86), Gabriel Jezus, Neymar.
Meksika: Ochoa, Alvares (Dos Santos, 55), Ayyala, Salsedo, Galyardo, Errera, Markes (Layyun, 46), Guardado, Losano, Ernandes (Ximenes, 60), Vela.
Ogohlantirishlar: Alvares (38), Filipe Luis (43), Errera (55), Kazemiro (59), Salsedo (77), Guardado (90).

Belgiya – Yaponiya 3:2 (0:0)
Gollar: Vertongen (69), Fellayni (74), Shadli (90+4) – Xaraguti (48), Inui (52).
Belgiya: Kurtua, Alderveyreld, Kompani, Vertongen, Menye, de Bryuyne, Vitsel, Ferreyra Karrasko (Shadli, 65), Mertens (Fellayni, 65), Azar, Lukaku.
Yaponiya: Kavasima, Sakai, Yosida, Sedzi, Nagatomo, Xasebe, Sibasaki (Yamaguti, 81), Xaraguti (Xonda, 81), Kagava, Inui, Osako.
Ogohlantirishlar: Sibasaki (40).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер