JCh-2018. Argentina so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga pley-offga chiqdi

09:29 27 Iyun 2018 Sport
1709 0
Foto: Getty Images

Futbol bo‘yicha jahon chempionatining 3-turidan o‘rin olgan yana to‘rtta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda yana to‘rtta yo‘llanma egasi aniq bo‘ldi.

C guruhida Fransiya terma jamoasi Daniya bilan nursiz durang o‘ynab, guruhda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Daniya esa ikkinchi o‘rin bilan kifoyalandi. Avstraliya esa Peruga imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

D guruhida esa haqiqiy dramatik qarama-qarshiliklar kuzatildi. Sal bo‘lmasa, musobaqani tark etishi mumkin bo‘lgan Argentina terma jamoasi Nigeriya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda maydonga tushib, o‘ta muhim g‘alaba qo‘lga kiritdi. Avvaliga Messi hisobni ochgan bo‘lsa, Mozes penaltidan farqni yo‘qqa chiqardi. Faqatgina o‘yinning so‘nggi daqiqalarida Markos Roxo tomonidan kiritilgan gol Xorxe Sampaoli shogirdlariga g‘alaba keltirdi.

Argentinaning baxtiga Islandiya Xorvatiyaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Natijada Xorvatiya 9 ochko bilan guruhda birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Argentina 4 ochko bilan ikkinchi bo‘ldi.

Endilikda Argentina 1/8 finalda Fransiyaga qarshi maydonga tushsa, Xorvatiya Daniya bilan kuch sinashadi.

JCh-2018
S gruhi. 3-tur

Daniya – Fransiya 0:0
Daniya: Shmeyxel, Dalsgor, Ker, Yorgensen, Larsen, Kristensen, Breytueyt, Eriksen, Dileyni (Lerager, 90), Sisto (Fisher, 60), Kornelius (Dolberg, 75).
Fransiya: Mandanda, Sidibe, Varan, Kimpembe, Lyuka Ernandes (Mendi, 50), Kante, Nzonzi, Dembele (Mbappe, 78), Grizmann (Fekir, 68), Lemar, Jiru.
Ogohlantirish: Yorgensen (45).

Avstraliya – Peru 0:2 (0:1)
Gollar: Karrilo (18), Gerrero (50).
Avstraliya: Rayan, Risdon, Seynsberi, Milligan, Bexich, Lekki, Yedinak, Muy, Kruz (Arzani, 58), Rogich (Irvayn, 72), Yurich (Keyxill, 53).
Peru: Galese, Advinkula, Ramos, Santamariya, Trauko, Tapiya (Urtado, 63), Yotun (Akino, 46), Karrilo (Kartaxena, 79), Kueva, Flores, Gerrero.
Ogohlantirishlar: Yedinak (10), Yotun (45), Arzani (60), Rogich (66), Urtado (79), Milligan (88).

D guruhi

Nigeriya – Argentina 1:2 (0:1)
Gollar: Mozes (51, penalti) – Messi (14), Roxo (86).
Nigeriya: Uzoxo, Balogun, Trost-Ekong, Omeruo (Ivobi, 90), Mozes, Ndidi, Obi Mikel, Etebo, Idovu, Ixeanacho (Igalo, 46), Musa (Nvankvo, 90+2).
Argentina: Armani, Merkado, Otamendi, Roxo, Talyafiko (Aguero, 80), Peres (Pavon, 61), Maskerano, Banega, Di Mariya (Mesa, 72), Messi, Iguain.
Ogohlantirishlar: Balogun (32), Maskerano (49), Banega (64), Obi Mikel (90+2), Messi (90+3).

Islandiya – Xorvatiya 1:2 (0:0)
Gollar: Sigurdsson (76, penalti) – Badel (53), Perishich (90).
Islandiya: Xalldoursson, Sevarsson, Ingason, Sigurdsson (Sigurdarson, 71), Magnusson, Xadlvredsson, Gunnarsson, Gudmundsson, Sigurdsson, Byarnason (Traustason, 90), Finnbogason (Gudmundsson, 85).
Xorvatiya: Kalinich, Yedvay, Chorluka, Chaleta-Sar, Pivarich, Badel, Modrich (Bradarich, 65), Kovachich (Rakitich, 82), Pyatsa (Lovren, 69), Perishich, Kramarich.
Ogohlantirishlar: Pyatsa (14), Xadlvredsson (59), Finnbogason (64), Yedvay (83), Sevarsson (84).
 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер