Jazo oʻtayotgan mahkum “Spark”ni olib qochdi
Fotо: Тергов департаменти
2020-yilning 28-fevral kuni nomaʼlum shaxs Toshkent tumani Qorasaroy koʻchasida qarovsiz qoldirilgan, 24 yoshli Sh.X.ning boshqaruvida boʻlgan Spark avtomashinasini haydab qochgan.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga koʻra, mazkur holat yuzasidan Toshkent tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan (transport vositasini olib qochish) jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Koʻrilgan choralar natijasida mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan va hozirda manzil koloniyasida jazo oʻtayotgan mahkum, 21 yoshli A.Y. sodir etganligi aniqlanib, olib qochgan avtomashinani Toshkent shahar hududida boshqarib kelayotgan vaqtida ushlangan. A.Y. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring