Javrail Shapiyev bronza uchun oʻtish bahsida gʻalaba qozondi
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Erkin kurash boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Jabrail Shapiyev “Parij-2024” yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirokini davom ettirdi.
-86 kg vazn toifasida qatnashayotgan sportchimiz Jabrail Shapiyev qiyin kechgan bahsda kanadalik Aleks Murni 6:1 hisobida magʻlub qildi.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Jabrail (Javrail) Shapiyev 1997-yil 20-aprelda Dogʻistonda tugʻilgan. 2017-yildan beri Oʻzbekiston nomidan musobaqalarda qatnashib keladi.
Avvalroq, Ulugʻbek Rashitov va Hasanboy Doʻsmatovlar ikki karradan Olimpiada oltin medal sohiblari boʻlgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring