Javohir Ummataliyev ham kumush medalni qoʻlga kiritdi
Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida oʻtkazilayotgan “Strandja” turnirining erkaklar oʻrtasidagi final janglari davom etmoqda.
Navbatdagi final bahsida 80 kg vaznda ringga koʻtarilgan hamyurtimiz Javohir Ummataliyev Ukraina vakiliga imkoniyatni boy berib, musobaqaning kumush medalini qoʻlga kiritdi.
Bokschimiz final jangi uchun yoʻllanmaga ham aynan Ukrainalik boshqa bir bokschini magʻlub etgan holda ega chiqqan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring