Jasur Yaxshiboyev gol kiritgan o‘yinda "Sherif" Madridda “Real”ni mag‘lub etdi va o‘z guruhida peshqadam bo‘lib oldi
Foto: Getty Images
28 sentyabr kuni futbol bo‘yicha Yevropa chempionlar ligasi (YECHL) guruh bosqichi ikkinchi tur o‘yinlariga start berildi.
Ushbu tur doirasida «Д» guruhidan joy olgan, hamyurtimiz Jasur Yaxshiboyev sharafini himoya qilayotgan Moldovaning "Sherif" klubi Madridda “Real” jamoasi qarshi bahs olib bordi.
"Santyago Bernabeu" stadionida kechgan mazkur o‘yinda Jasur Yaxshiboyev ilk daqiqalardan maydonda harakat qildi va 25-daqiqada Ispaniya jamoasining darvozasiga gol kiritdi.
Uchrashuvning 65-daqiqasida “Real” sardori, fransiyalik hujumchi Karim Benzema penaltidan gol urib hisobni tenglashtirdi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa "Sherif"ning lyuksemburglik yarim himoyachisi Sebastyan Till Moldova jamoasiga g‘alaba keltirgan golni kiritdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng "Sherif" ikki uchrashuvda olti ochko jamg‘argan holda mazkur guruh peshqadamiga aylanib oldi.
Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda Italiyaning "Inter" klubi Ukrainaning “Shaxtyor” jamoasi bilan durang (0:0) o‘ynadi.
Ikkinchi turdan so‘ng “Real” uch, "Inter" va “Shaxtyor” bir ochkodan jamg‘argan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring