“Jarimani karantindan keyin toʻlashga ruxsat etilibdi. Shu toʻgʻrimi?“

13:01 12 Aprel 2020 Jamiyat
877 0

Arxiv surat

- Avtomashinamni maxsus ruxsatnomasiz boshqarganim uchun 4 mln 460 ming soʻm jarimaga tortilganman. Eshitishimcha, Prezidentimiz qarori bilan jarimani karantindan keyin toʻlashga ruxsat etilibdi. Shu toʻgʻrimi?

Savolga AOKA shtabida Adliya vazirligi boshqarma boshligʻi Gʻaybulla Primov ishtirokida boʻlib oʻtgan brifingda javob berildi.

- 2020-yil 3-apreldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi Prezident Farmoniga koʻra, karantinga olingan shaxslarga nisbatan qoʻllanilgan maʼmuriy jarimalarni (karantin qoidalarini BUZGANLIK uchun javobgarlik bundan mustasno) toʻlash muddatlari karantin muddati tugagunga qadar uzaytirilishi belgilangan.

Shundan kelib chiqib, siz karantin qoidalarni buzganligingiz uchun sizga nisbatan qoʻllanilgan maʼmuriy jarimalarni toʻlash muddati UZAYTIRILMAYDI.

Qolaversa, mazkur norma faqat karantinga olingan shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер